TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev hozircha O‘zbekistonga tashrif rejalashtirmagan, bu haqida prezident jurnalistlarga yakshanba kuni xabar qildi.
“Kun tartibida bunday masala yo‘q. Bu yil men Hindiston va Rossiyaga boraman. Kelasi yilning yanvarida Xitoyga tashrif rejalashtirilgan”, — dedi Atambayev.
Atambayev aytishiga qaraganda, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida boshqa masalalar qatorida, ikki mamlakat davlat rahbarlarining tashrifi haqida ham so‘z yuritilgan. Qirg‘iziston prezidenti fikriga ko‘ra, O‘zbekiston va Qirg‘iziston hamda hududdag barcha mamlakatlar orasida do‘stona qo‘shnichilik munosabatlarini saqlab qolish o‘ta muhimdir.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin, OAVda paydo bo‘lgan xabarlarga asoslanib, Atambayev O‘zbekiston tashrif rejalashtirayotganini xabar bergan edik.