TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Tergovchilar Kubanning Dinskoy rayonida o‘zbekistonlik besh kishining hayotiga zomin bo‘lgan yong‘in sabablarini aniqlashmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti o‘lka tergov qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib.
Payshanba kuni ertalab huquqni muhofaza qilish organlariga Krasnoselskiy qishlog‘idagi maishiy chiqindilar to‘planadigan joy oldidagi vagon uychada yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar qilindi.
Dastlabki tergov-surishtiruv ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishgan.
Hozirda yong‘in sabablari aniqlanmoqda.