TOShKENT, 8 dek — Sputnik. AQSh yangi saylangan prezidenti Donald Trampning maslahatchisi Karter Peyj Moskvaga besh kunlik tashrif bilan keldi,deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Men yirik biznesmenlar va jamiyat arboblari bilan uchrashaman… Moskvada 13-dekabrgacha bo‘laman.", - dedi Peyj RIA Novosti muxbiriga.
Peyj o‘zining oldingi chiqishlarida AQSh yangi prezidenti ma’muriyatiga Rossiya va AQSh munosabatlari salohiyatiga ishonadigan kishilar kerakligini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga qaraganda ikki mamlakat orasidagi suhbatni, Rossiya rahbari Vladimir Putinga ishonmasdan turib, amalga oshirishning iloji yo‘q.
AQSh OAVlari Peyjning Moskvaga tashrifi haqida so‘zlab berishar ekan, uning Rossiyaga nisbatan bo‘lgan AQSh siyosatini jiddiy tanqid qilganini esga olishdi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha yil oldin Karter Peyj Moskvada Merrill Lynch sarmoyalar banki bo‘limida ishlagan edi. Shuningdek, AQSh maxfiy xizmatlari ham Peyj ortidan kuzatub olib borishganini tasdiqlashdi.