Toshkentda raqamli telekanallar soni 60taga yetdi

© Sputnik / StringerToshkent teleminorasi
Toshkent teleminorasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Faqat "Miks" paketiga ulangan va "DVB-T2" texnologiyasida ishlaydigan raqamli tunerga ega bo‘lgan abonentlar 60ta raqamli telekanal tomosha qilishlari mumkin.

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Ushbu yilning 1-dekabridan boshlab, UZDIGITAL TV kompaniyasi raqamli telekanallar sonini 60taga yetganini xabar qildi

"Hurmatli abonentlar! 2016-yilning 1-dekabrdan  boshlab «UZDIGITAL TV» raqamli telekanallar provayderi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida telekanallar sonini 60taga yetkizdi", — deyilgan kompaniya xabarida.

Faqat "Miks" paketiga ulangan abonentlar 60ta raqamli telekanal tomosha qilishlari mumkin. Paketdan foydalanish uchun abonent "DVB-T2" texnologiyasida ishlaydigan raqamli tuner bo‘lishi shart. Eslatib o‘tamiz, "Miks" telekanallar paketi narxi — oyiga 15 ming so‘m.

UZDIGITAL TV 2009yilda tashkil qilingan bo‘lib, bugungi kunda O‘zbekistonda eng yirik raqamli televidenie xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniya hisoblanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0