TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Moskva va butun Rossiya patriarxi Kirill Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston prezidenti lavozimiga saylanishi munosabati bilan tabrikladi va kelajakda ham Toshkentdagi Rus pravoslav cherkovi hamda O‘zbekiston hukumati orasida hamkorlik davom etishiga umid bildirdi.
"Siz uzoq yillar davomida o‘z xalqingizga fidokorona xizmat qildingiz. Barcha kuch va qobiliyatingizni mamlakat rivojlanishi va fuqarolar farovonligi yo‘lida sarfladingiz. Bo‘lib o‘tgan saylov O‘zbekiston aholisining sizga bo‘lgan ishonchini namoyish qildi. Ular o‘z kelajaklarini va bugungi kundagi muhim muammolarni siz bilan birgalikda hal qilishni umid qilmoqdalar", — deyilgan RPCh rahbari xabarida.
Shuningdek, Patriarx Kirill O‘zbekiston rahbariga o‘zbek xalqiga ma’suliyat bilan xizmat qilishda sog‘liq va muvaffaqiyat tiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovida O‘zLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoyev 88%dan ortiq ovoz to‘plab, ishonchli g‘alaba qozondi. Saylovda erishgan g‘alabadan so‘ng Shavkat Mirziyoyev ko‘plab mamlakatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan tabrik so‘zlari qabul qilmoqda.