TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Moskvada O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovga haykal o‘rnatiladi. Ushbu qaror bugun bo‘lib o‘tgan Moskva shahar dumasining Monumental san’at komissiyasida yakdillik bilan qabul qilindi.
“Biz ushbu yodgorlik qurilishini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladik”, — dedi komissiya raisi Igor Voznesenskiy.
Oktabr boshida Moskva shahar hukumati kengashida mer Sergey Sobanin Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish va siyosiy do‘stona harakat sifatida, Moskva markazida joylashgan xiyobonlardan birini Islom Karimov nomi bilan atalishi haqida qaror qabul qilgan edi.
Islom Karimov xiyoboni O‘zbekiston elchixonasi yaqinidagi 1-Kazachiy kichik ko‘chasida joylashgan.
O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov 2-sentabr kuni 78 yoshiida vafot etgan edi. Islom Karimov ona yurti Samarqandda musulmonchilik urf-odatlariga ko‘ra dafn etilgan.