Mirziyoyev hokimlarni saylov yo‘li bilan tayinlashni taklif qildi

© AFP / POOL / Anvar Ilyasov Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti mahalliy hokimlarni saylov yo‘li bilan tanlashni taklif qildi. Ayni damda shahar va viloyat hokimlari prezident tomonidan tayinlanadi.

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. O‘zbekistonda shahar va viloyat hokimlarini tayinlash  xalq saylovi yo‘li bilan amalga oshirilish tartibi kiritilishi mumkin.

"Mahalliy saylovlar haqida ham o‘ylab ko‘rish kerak. Albatta, bu bir kunda bo‘ladigan ish emas, lekin buni kelajakda amalga oshirsa bo‘ladi. Saylovlar mahallliy hokimiyat rahbarlarining javobgarligini oshirishga yordam beradi. Ular xalq oldida hisobot berib turishi kerak", — dedi Mirziyoyev, O‘zbekiston Konstitutsiyasi 24-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda.

Bugungi kunda amal qilayotgan tartibga ko‘ra shahar va viloyat hokimlari xalq deputatlari mahalliy kengashlari tasdiqlaganidan keyin, prezident tomonidan tayinlanadi yoki vazifasidan bo‘shatiladi.

O‘zbekiston Hukumatiga hokimlar saylash yangi tartibini kiritish borasida davlat dasturi ishlab chiqish topshirildi. Yangi dastur hukumat organlari tarkibini optimallashtirib, saylangan hokimiyatning mahalliy aholi bilan aloqasini jiddiy ravishda yazshilashi kerak va qabul qilingan qonunlarning amalga oshirilishining samradaorligini oshirishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0