TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Moskva shahrida ishlayotgan mehnat migrantlari patent to‘lovi shahar budjetiga ushbu yilning 11 oyi davomida 13,1 milliard rubl to‘lashdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, shahar g‘aznasi rahbari Andrey Gurovich so‘zlariga asosan.
“Migrantlar patenti uchun olinadigan to‘lovlar 5-dekabr holatiga – 13,1 millardni tashkil qildi. Butun 2015-yil hisobida esa – 14,5 mlrd rublni”, — dedi Gurovich.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya hududida ishlayotgan MDH mamlakatlari fuqarolari uchun 2014-yildan boshlab har oylik patent to‘lovi joriy qilingan. YeOIIga a’zo bo‘lmagan MDH davlatlari fuqarolari patent rasmiylashtirmasdan turib Rossiya hududida mehnat faoliyati amalga oshirishga haqli emaslar. Patentga ega bo‘lgan har bir chet el fuqarosi oyiga 4200 rubl avans to‘lovi to‘lab borishi kerak.