Kamilov O‘zbekiston hech qanday blok va alyanslarga qo‘shilmasligini aytdi

© AFP / YASSER AL-ZAYYATAbdulaziz Kamilov Gamburgdagi uchrashuvda
Abdulaziz Kamilov Gamburgdagi uchrashuvda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gamburgda bo‘lib o‘tgan O‘rta Osiyo mamalkatlari va AQSh Tashqi ishlar vazirlariu chrashuvida, Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston hech qanday harbiy-siyosiy bloklar yoki allyanslargi qo‘shilmasligini bildirdi.

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Hukumat boshiga yangi prezident kelsa ham O‘zbekiston o‘zining betaraflik siyosatini davom ettiradi, dedi Tashqi Ishlar vaziri Abudlaziz Kamilov, YeXHT malakatlari tashqi ishlar vazirlari kengashida.

“O‘zbekiston hech qanday harbiy siyosiy bloklarga va alyanslarga qo‘shilmaslik, o‘z hududida chet el harbiy bazalarini joylashtirmaslik, o‘z harbiylarini chent mamlakatlarga jo‘natmaslik haqida qat’iy qaror qabul qilgan”, — dedi Kamilov Gamburgda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.

Kamilov aytishiga qaraganda, O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishi, bu  - Afg‘onistonda mavjud bo‘lgan mojarolar sharoitida, O‘rta Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlab qolish va bu yerni muntazam rivojlanayotgan hududga aylantirishdir.

Gamburgdagi uchrashuvda shuningdek Qozog‘iston, Tojikiston TIVlari rahbarlari hamda AQShda Jon Kerri va YeXHT vakillari ishtirok etishdi. Qirg‘iziston vaziri bu safar ishtirok etmadi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0