TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Bugun Yevropa komissiyasi (YeK) Yevropa Ittifoqi davlatlari havo hududiga samolyotlari kirishi taqiqlangan aviakompaniyalarning yangilangan "qora ro‘yxati"ni e’lon qildi. MDH davlatlari orasida mazkur ro‘yxatdan Qirg‘iziston aviakompaniyalari o‘rin oldi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston yozmoqda.
Ilgari mazkur antireytingga Qozog‘istonning barcha aviakompaniyalari (Air Astanadan tashqari) kiritilgandi, lekin ular endilikda ro‘yxatdan chiqarib tashlandi. Yevrokomissiya 18 mamlakatning 193 kompaniyasi o‘rin olgan ro‘yxatga Qirg‘izistonda ro‘yxatga olingan barcha 13 aviatashuvchi nomi kiritilganligini xabar qildi.
Qirg‘iziston fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori o‘rinbosari Bakit Junushuliyev oxirgi ro‘yxatlarda Qirg‘iziston va Qozog‘iston aviakompaniyalari bo‘lganligini, endilikda esa faqat Qirg‘izistonniki qolganligini bildirdi.
"Biz "qora ro‘yxat"dan chiqish ustida ish olib bormoqdamiz, — dedi Junushaliyev.