Noyabrda o‘zbek chegarachilari 181 chegarabuzarni qo‘lga olishdi

© IA "Jaxon"Chegarachi
Chegarachi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eng ko‘p chegara buzuvchilar o‘zbek-qozoq chegarasida ushlandi — 101 kishi

TOShKENT, 8 dek – Sputnik. O‘zbekiston chegara qo‘shinlari xizmatchilari 2016-yil noyabr oyida 181 nafar davlat chegarasini buzgan shaxsni qo‘lga olishdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi vakili Sputnik muxbiriga.

Eng ko‘p chegara buzuvchilar o‘zbek-qozoq chegarasida ushlandi — 101 kishi. Qirg‘iziston bilan chegarada 68 kishi, Afg‘oniston bilan chegarada 6, Tojikiston bilan chegarada 5 va Turkmaniston bilan chegarada 1 kishi chegaradan o‘tish qoidalarini buzishga uringan.

"Qirg‘iziston tomonidan chegaralarni qo‘riqlash yetarlicha tashkil etilmaganligi bois qo‘shni davlat chegarasida kontrabandachilar sezilarli faollashishi kuzatilmoqda. Noyabr oyida chegara qo‘shinlari tomonidan Qirg‘izistondan umumiy qiymati 830 million so‘mdan ortiq bo‘lgan tovar-moddiy boyliklarni olib o‘tishga bo‘lgan 44 urinishning oldi olindi", — dedi suhbatdosh.

Xususan, 19-noyabr kuni o‘zbek chegarachilari Qirg‘izistondan O‘zbekiston hududiga 274 dona tuner va yirik miqdordagi parfumeriya mahsulotlarining  olib kirilishiga yo‘l qo‘ymadilar. Qo‘lga olish chog‘ida chegara buzuvchilar yuklarini tashlab Qirg‘iziston hududiga yashirinishdi.

Bugungi kunda chegara xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati mavjud xatarlarni tezkorlik bilan bartaraf etish, chegara postlarining moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash va harbiylarning malakasini oshirish bo‘yicha kompleks choralarni ishlab chiqmoqda.

Yangiliklar lentasi
0