TOShKENT, 7 dek — Sputnik, Anastasiya Aleksandrova. Mana bir necha kundirki Xanti-Mansiysk va Nefteyugansk shaharlari motam qayg‘usida. Hammaning ko‘z oldida 12 yosh bolaning umriga zomin bo‘lgan o‘sha mudhish YTH.
4 dekabr kuni Yugra trassasida bolalar sport jamoasini olib ketayotgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketib 12 bolakay qurbon bo‘lgan, yana bir necha bola og‘ir jaohat bilan kasalxonaga yotqizilgan edi. Qurbonlar orasida O‘zbekistonlik 15 yoshli gimnastikachi qizaloq Zulfiya Ergasheva ham bor edi.
Uning opasi Gavhar Ergasheva og‘ir ahvolda haligacha Xanti-mansiysk kasalxonasining tezkor yordam ko‘satish bo‘limida qolmoqda.
O‘zbekistonlik Zulfiya va Gavhar taqdiri bilan qiziqqan Sputnik muxbiri ijtimoiy tarmoqlarda ularning sahifasini topib quyidagi yozuvlarni o‘qidi:
“Suyukli Gavhar, bardam bo‘l, men senga ishonaman, sen kuchli qizsan, bu sening qo‘lingdan keladi! Sen yaxshi ko‘rgan yuqoridan birinchi:3” deb yozuv qoldirgan Gavhar bilan birga shug‘ullanadigan qizlardan biri.
“Azizim iltimos bor kuching bilan kurash. Bardam, sen kuchlisan, men buni bilaman. Biz sen uchun mushtchalarimizni siqib turibmiz. Xudo xoxlasa sen tuzalib ketasan”, deb yozgan boshqa gimnastikachi qiz.
“Gavhar, sen faqat kurashishni to‘xtatma, tezroq tuzalib ketgin! Men seni taniganimdan beri, sen kuchli va maqsad sari intilgan insonsan!”.
Sputnik muxbiri Zulfiya Ergashevaning do‘stlaridan biri Nurmuxammad Sherbutayev bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘ldi.
“Zulfiya eng odobli va dilkash qiz edi. Men undan qachon “yaxshimisan, nima yangiliklar”, deb so‘rasam, u doimo maktabdan keyin sportzalga yoki mashg‘ulotga ketayapman — deb javob berardi”, — dedi Normuhammad.
Uning boshqa dugonasi esa Zulfiyaning o‘z oilasini juda yaxshi ko‘rishini, barcha sirlarini oilasi bilan baham ko‘rishini va doimo otasi haqida so‘zlab berishni yoqtirishini aytib berdi.
Biz oldingi xabarimizda Zulfiyaning otasi O‘zbekistondan Rossiyaga kelganini va bugun u Zulfiyaning jasadini olib Toshkentga qaytishi haqida xabar bergan edi.
Sputnik tahririyati Ergashevlar oilasiga chuqur ta’ziya bildiradi va Gavharning tezroq tuzalib ketishini chin dildan istab unga Ollohdan sog‘liq tilaydi.