Toshkent ko‘chalarini yana suv bosdi

© Sputnik / StringerToshkent ko‘chalarini yana suv bosdi
Toshkent ko‘chalarini yana suv bosdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent avtomobil yo‘llari va kanalizatsiya tizimi yana bir bor yomg‘ir suviga bardosh bera olmadi, kuchli yoqqan yomg‘ir hamma joyni suvga to‘ldirdi.

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Bugun kun uzun yoqqan kuchli yomg‘ir poytaxt haydovchilarini kema kapitalariga aylantirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Toshkent halqa yo‘lining ayrim bo‘laklarida, shuningdek "Qo‘yliq", "Bek Baraka" bozorlari yaqinida avtomobil yo‘llarda ulkan ko‘lmaklar paydo bo‘ldi, ayrim joylarda yo‘llarning katta qismi suv ostida qoldi. Yo‘lning ushbu bo‘laklarida avtomobillar go‘yoki kemaga, haydovchilar esa — kema kapitanlariga aylanishdi.

Suv bosishii tufayli bir necha YTHlar ham sodir bo‘ldi, lekin ularning aksariyati suv ostida qolib ko‘rinmay qolgan chuqurlar tufayli sodir bo‘ldi.

© Sputnik / StringerToshkent ko‘chalarini yana suv bosdi
Tashkentskie dorogi ne viderjali prolivnogo dojdya  - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent ko‘chalarini yana suv bosdi
Yo‘llarni suv bosishi tufayli bir necha svetoforlar ham ishdan chiqdi. Tuzel massivida joylashgan "Krestik" nomli chorrahada ishdan chiqqan svetofor tufayli yarim soatli tirband hosil bo‘ldi.

Davom etayotgan yomg‘irga qaramasdan shahar yo‘llarning ayrim bo‘laklarida yo‘l tamirlash va shahar kommunal xizmatlari xodimlari darhol mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilishga kirishib ketishdi.

Bo‘lib o‘tgan yomg‘ir yana bir bor shahar kommunal xizmatlari, yo‘l qurilish tashkilotlari o‘z vazifalarini yetarli malaka va bilim bilan bajarmayotganliklarini namoyish qildi. Endi yagona umid ob-havodan — yomg‘ir tezroq tugasa bo‘ldi…

Yangiliklar lentasi
0