TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Suriyada o‘tgan kun davomida 3 mingga yaqin ID jangarilari qurollarini topshirib tinchlik shartnomasi imzoladi. Ular Damashq yaqinidagi Xan-esh-Shayx shahridan o‘z oilalari bilan 52ta avtobusda Idlib viloyatiga yo‘l olishdi.
“Uzoq vaqt davom etgan muzokaralardan keyin jangarilar tinchlik shartnomasiga qo‘shilishga rozi bo‘lishdi. Muzokaralar juda mashaqqatli bo‘ldi, juda ko‘p ruhiy harakatlar qilish kerak bo‘ldi”, — dedi Suriyadagi Yarashtirish markazi vakili Aleksey Leshenko.
Yarashtirish markazi xabariga ko‘ra, jangarilar 500ga yaqin o‘qotar qurol, snayper vintovkalari, 120 mm li minomotlar topshirgan. Jangarilar Xan-esh-Sheyxda birorta ham butun imorat qoldirishmagan, hamma bino vayron qilingan, har qadamda minatlar topilmoqda. Saperlar har qadamda portlovchi moddalar va qurol-aslaha topmoqda. Ushbu shaharda qurol ishlab chiqaradigan kichik zavodlar va ularni saqlaydigan omborxonlar ham bo‘lgan ekan.
To‘rt yil oldin shaharni tashlab ketgan aholi o‘z uylariga qaytmoqda. Hukumat qo‘shnlari shaharning asosiy infraqurilmasini qayta tilashda