TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot-xizmati boshqarmasi akkreditatsiya va brifinglar departamenti 2016-yilning 22-dekabr sanasida o‘tkaziladigan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot-anjumaniga ishtirok etishlari uchun jurnalistlardan arizalarni qabul qila boshladi.
Akkreditatsiyaga arizalar Roskomnadzordan ro‘yxatdan o‘tgan Rossiya OAVlari hamda Rossiya Federatsiyasi qoshida akkreditatsiyadan o‘tgan chet el jurnalistlaridan qabul qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tkazish 2016-yilning 9-dekabrida Moskva vaqti bilan 17.00da to‘xtatiladi.
Jurnalistlar faqat www.kremlin.ru saytida akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Ariza yuborilishi avtomatik akkreditatsiyadan o‘tkazilish degan ma’noni anglatmaydi. Akkreditatsiyadan o‘tkazilgan jurnalistlar hamda jurnalistlar to‘planadigan joy hamda vaqt haqidagi ma’lumotlar Kreml saytida e’lon qilinadi.