Moskvada terrorchilarga yordam bergan 20 kishi qo‘lga olindi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishFXX antiterror guruhi
FXX antiterror guruhi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekstremistlar vahobiylar yashirin guruhi bilan aloqada bo‘lganlikda gumon qilinmoqda.

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Rossiya FXX kuchlari hamda Moskva va Moskva viloyati ichki ishlar xodimlari ekstremizmda gumon qilinayotgan guruhni qo‘lga oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Rossiya IIBning "E" guruhi hamda Rosgvardiya jangchilari 20 kishini hibsga olishdi.Ularning barchasi ekstremizmda gumon qilinmoqda.

Ekstremizm va terrorchilikda ayblanayotgan guruh a’zolari Moskva va Moskva viloyatida joylashgan bir necha manzilarda hibsga olindi.

Eslatib o‘tamiz, noyabr boshida Moskvada o‘tkazilgan maxsus operatsiyada Moskva va Ingushetiya hududida terrorchilik aktlari o‘tkazishni rejalashtirgan ID jangarilari hibsga olingan edi. Ular turgan xonadonda 5ta o‘qotar qurol, ikkita qo‘lbola tayorlangan o‘ta kuchli — quvvati 10 kg trotilga teng bo‘lgan portlovchi moslama hamda snayper vintovkasi uchun kerakli bo‘lgan ehtiyot qismlar topilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0