TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Amerikaning Time jurnali "2016 yil kishisi" deb e’lon qilingan Donald Trampni "Amerika Bo‘lingan Shtatlari prezidenti" sifatida tanishtirdi, deb xabar berdi RIA Novosti.
"Mamlakat saylovlar mavsumini har doimgidan ham bo‘lingan holda o‘tkazdi", — dedi jurnal bosh muharriri Nensi Gibs.
Donald Tramp o‘zining Twitter sahifasida "soat 7.30da Today Show undan intervyu olishini" yozib, o‘zining "yil kishisi" deb e’lon qilinishiga sha’ma qilgandi.
Ilgariroq Today Show chorshanba kuni "yil kishisi"dan intervyu olishi ma’lum bo‘lgandi.
Bu yil Trampga 11 nomzod raqiblik qildi, ular orasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Turkiya prezidenti Rajab Tayip Erdo‘g‘on, Britaniya mustaqillik partiyasi asoschisi Nayjel Faraj, AQSh prezidentligiga sobiq nomzod Xillari Klinton, Facebook asoschilaridan biri Mark Sukerberg bor edi.
Time jurnali 1927-yildan buyon "yil kishisi"ni aniqlab keladi. 1950-yilga qadar bu nomga aniq shaxslar sazovor bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik mavhum qahramonlar ham mazkur nomni olgan.