Turkiya TIV Shavkat Mirziyoyevni prezident bo‘lgani bilan tabrikladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishO‘zbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublikamiz o‘zbek xalqining saylovlarda ulkan demokratik ko‘rinishda bildirgan irodasini mamnuniyat bilan qarshi olmoqda, deyilgan Turkiya Tashqi ishlar vazirligida e’lon qilingan bayonotda

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Turkiya tashqi ishlar vazirligi 2016-yil 4-dekabr kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik sayloviga doir bayonot e’lon qildi. Bayonot matni Turkiya TIV rasmiy saytida joylashtirilgan.

O‘zbekiston yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevning birinchi nutqi
"Do‘st va qardosh O‘zbekistonda 2016-yil 4-dekabrda tashkil etilgan prezidentlik saylovi tinch va xotirjam ruhda o‘tkazilganidan xursandmiz. Bizning mamlakat o‘zbek xalqining saylovlarda namoyish etgan demokratik irodasini hurmat ila qarshi olmoqda. O‘zbekiston Respublikasi bilan yangi davrda ikki tomonlama munosabatlarni har jabhada rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarimiz bundan keyin ham davom etadi.

Shu munosabat bilan, saylovda g‘alaba qozongan Shavkat Mirziyoyevni tabriklaymiz va unga muvaffaqiyatlar tilaymiz. 2003-yildan buyon Bosh vazirlik vazifasini sidqidildan ijro etdi va O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov vafotidan so‘ng davlat rahbarligi vazifalarini vaqtincha bajargan Mirziyoyevga, uning endilikda prezident sifatida o‘zbek xalqining farovonligi va taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirishi kerak bo‘lgan ishlarida ko‘mak berishga har doim tayyormiz", — deyiladi bayonotda.

Yangiliklar lentasi
0