TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevga, O‘zbekiston prezidenti lavozimiga saylanishi munosabati bilan tabrik xati yo‘lladi, deb xabar qilmoqda Xitoy TIVi.
"Men O‘zbekiston-Xitoy munosabatlariga katta e’tibor beraman va Siz bilan yaqin aloqa o‘rnatib, kelajakda birgalikda O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarini rivojlantirishga, ikki xalq manfaati yo‘lida har tomonlama strategik hamkorlik o‘rnatishga tayyorman", — deyilgan tabrik xatida.
XXR raisi aytishiga qaraganda, Xitoy va O‘zbekiston haqiqatdan yaxshi qo‘shni, do‘st va hamkordir.
Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekistonda yakunlangan prezident saylovida Shavkat Mirziyoyev 88,61 % ovoz to‘plab ishonchli g‘alaba qozondi.