TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Rossiyaning eng mashhur artistlaridan biri Sergey Svetlakov o‘z ona yurti Yekaterinburgda restoran ochmoqda. San’atkor bu haqda o‘zining Instagramdagi sahifasida ma’lum qilgan.
"12 dekabr kuni, ya’ni o‘z tug‘ilgan kunimda ona shahrim — Yekaterinburgda restoran ochapman! Vaqtingiz bo‘lganda qadam ranjida qiling", — deb yozgan artist.
Ta’kidlanishicha, menyu uchun Toshkentdan atay chaqirilgan bosh-oshpaz javob beradi.
Sergey Svetlakov sharq taomlari tayyorlanadigan Eshak restorani tarmog‘i egasi hisoblanadi. Moskva shahrida shu nomli ikkita restoran faoliyat yuritmoqda.