TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Vladimir Putin Rossiyaning yangi axborot xavfsizligi Doktrinasini tasdiqladi, deb xabar qilmoqda huquqiy ma’lumot axborot portali.
Yangi Doktrinaning asosiy yo‘nalishlaridan biri bu – axborot texnologiyalari yordamida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan harbiy mojarolarning oldini olish.
“Rossiya Federatsiyasining harbiy siyosatiga muvofiq, axborot xavfsizligining asosiy yo‘nalishlari bu: harbiy mojarolar paydo bo‘lishini oldini olish va to‘xtatib qolishdir”, — deyilgan prezident imzolagan qarorda.
Shuningdek hujjatda aytilishiga ko‘ra, Rossiyaning strategik maqsadi bu - axborot maydonida davlatlararo mojarosiz munosabatlar tizimini yaratishdir.
“Axborot xavfsizligini ta’minlashdan asosiy maqsad, bu – axborot maydonida davlatlararo mojarolardan xoli bo‘lgan, teng huquqli va strategik hamkorlikning mustahkam va barqaror tizimini yaratishdir”, — deyilgan hujjat matnida.
Yangi Doktrina Rossiya prezidenti tomonidan 5-dekabrda imzolandi.