Putin siyosiy faoliyatini yakunlagach, nima bilan shug‘ullanishini aytdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishRossiya Prezidenti Vladimir Putin
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqiqatan sayohat qilishni, hamda o‘z faoliyatini omadli yakunlashni orzu qilishini aytdi

TOShKENT, 6 dek- Sputnik. Vladimir Putin o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli yakunlashni orzu qilishini aytdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin ham adashadi: Rossiya prezidenti xatosini to‘g‘rilagani uchun Verbiskayaga rahmat aytdi
Putin dushanba kuni Chelyabinsk shahridagi "Eterno" truboprokat zavodida bo‘lgan. Zavod xodimi Putin bilan suhbatda o‘z sohasida katta yutuqlarga erishishni orzu qilishini aytgan va Putinga "Siz nima haqida orzu qilasiz?", — deya savol bergan. Ishchiga javoban Putin: "Men o‘z faoliyatimni omadli yakunlashni xohlayman", deya javob qaytargan.

Rossiya prezidenti, shuningdek, sayohat qilishni juda ham yoqtirishini aytgan. "Bugungi kundagi sayohatim shunday kechadi: men aeroportga kelaman, u yerdan allaqanday joyga olib borishadi, keyin yana aeroportga qaytaman. Mana shunday qilib qayergadir borib kelganday bo‘laman", — deya noligan Putin.

"Albatta, boshqacha sayohat qilishni xohlar edim. O‘zga mamlakatning tabiati, tarixiy obidalarini ko‘rishni xohlayman", — deya izoh bergan prezident.

Vladimir Putin, shuningdek, u shug‘ullanishni xohlaydigan bir xobbi borligini aytib o‘tgan. "Bu xobbi bilan hech qachon shug‘ullanmaganman, lekin xohlardim. U qanday xobbi ekanligini aytmayman", — degan u.

Yangiliklar lentasi
0