TOShKENT, 6 dek — Sputnik. O‘zbekiston yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDH va Shanxay hamkorligi tashkiloti kuzatuvchilarini qabul qildi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.
O‘zbekiston rahbari MDH ijroiya kotibi Sergey Lebedevga Hamdo‘stlik missiyasi tomonidan o‘tkazilgan kuzatuv va berilgan yuqori baho uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘z navbatida, Lebedev MDH kuzatuvchilari uchun yuborilgan taklif va yaratilgan qulay sharoitlar uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.
ShXT bosh kotibi Rashid Alimov bo‘lib o‘tgan saylovlar mamlakatda demokratik jarayonlarnp davom ettirish uchun qo‘yilgan o‘ta muhim qadam bo‘lganini aytdi.
Shavkat Mirziyoyev ShHTmamlakatlaridan kelgan barcha kuzatuvchilarga chin dildan minnatdorchilik bildirib, ularga amalga oshirilgan katta ishlar va saylovooldi kampaniyasiga berilgan yuqori baholar uchun minnatdorchilik bildirdi.