AQSh: Umid qilamizki Mirziyoyev mamlakatda islohotlar o‘tkazadi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishVashington
Vashington - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Davlat departamenti vakili Mark Toner Shavkat Mirziyoyev mamlakatda keng islohotlar o‘tkazib, hududda barqarorlikni saqlab qolishiga umid bidirdi.

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. AQSh Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti lavozimiga saylanishi munosabati bilan tabriklab, uning mamlakatda islohotlar o‘tkazishi va hududda barqarorlikni saqlab qolishiga umid bildirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Biz bosh-vazir Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston yangi prezidenti etib saylanishi bilan tabriklaymiz. O‘zbekiston o‘z rivojlanish yo‘lining yangi bosqichiga o‘tar ekan, hududda barqarorlik saqlanib qolishiga va mamlakatda keng ko‘lamli iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy isloholar amalga oshirilishiga umid qilib qolamiz", — dedi Toner.

"Bizning elchixona bir qator kuzatuvlar amalga oshirdi", — deb qo‘shimcha qildi Toner, ularning natijalariga aniqlik kiritmasdan.

Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekistonda yakunlangan prezident saylovida Shavkat Mirziyoyev 88,61 % ovoz to‘plab ishonchli g‘alaba qozondi.

Yangiliklar lentasi
0