TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Respublika hududidagi barcha saylov uchastkalari tong soat 06:00 dan kech soat 20:00ga qadar ochiq bo‘lgan.
MSK xabariga ko‘ra, saylovda umumiy hisobda 17 mln 491 ming 955 kishi ovoz bergan. Bu umumiy saylovchilar sonidan 87,83 % ni tashkil qildi.
Bugun 5-dekabr kuni soat 16:00da O‘zbekiston Markaziy saylov qo‘mitasi prezident saylovi yakunlarini e’lon qildi. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra:
O‘zLiDeP nomzodi — Shavkat Mirziyoyev — 88,6 % ovozga ega bo‘lgan.
Xalq-demokratik partiyasi nomzodi — Ketmonov Xatamjon - 3,73 %;
“Milliy tiklanish” partiyasi — Otamuratov Sarvar — 2,35 %;
“Adolat” Sotsial-demokratik partiyasi — Umarov Nariman — 3,46 % saylovchilar ovoziga ega bo‘lgan.
O‘zbekiston prezidenti saylovi haqidagi batafsil ma’lumot bilan infografikamizda tanishing.