TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti lavozimiga saylanishi munosabatati bilan tabrikladi, Oqo‘rda matbuot xizmati xabariga asosan.
“Ishonchim komilki, Sizning davlat boshiga kelishingiz bilan bizga qardosh O‘zbekistonda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlovchi keng ko‘lamli o‘zgarishlar davom etadi”, — deyilgan tabrik telegrammasida.
Qozog‘iston rahbarining so‘zlariga qaraganda, ikkala tomon sa’y-harakatlari bilan Qozog‘iston va O‘zbekistonning strategik hamkorligiga yangi quvvat berilishi hamda barcha O‘rta Osiyo mamlakatlari hamkorligi kengaytirilishi mumkin.
“Fursatdan foydalanib, suhbatimizni Ostonada davom ettirishga, Sizni o‘zingizga qulay vaqtda Qozog‘istonga davlat tashrifi amalga oshirishga taklif qilaman”, — deyilgan xabarda.
Shuningdek, Nursulton Nazarbayev o‘z xatida Mirziyoyevga sog‘lik va davlat ishlarida yangi zafarlar qozonishni, qardosh o‘zbek xalqiga esa – tinchlik va farovonlik tiladi.