Halqa yo‘l avtopoygasi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi

© Novosti UzbekistanaHalqa yo‘l avtopoygasi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati
Halqa yo‘l avtopoygasi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu musobaqalar O‘zbekiston Mudofaa vazirligi huzuridagi "Vatanparvar" tashkiloti va O‘zbekiston Milliy avtomobil federatsiyasi tomonidan tashkil qilindi.

TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Ushbu yilgi Halqa yo‘l avtopoygasi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining oxirgi poygasi Toshkentda bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda nuz.uz.

Chempionat O‘zbekiston Mudofaa vazirligi huzuridagi "Vatanparvar" tashkiloti va O‘zbekiston Milliy avtomobil federatsiyasi tomonidan tashkil qilindi.

© Novosti UzbekistanaHalqa yo‘l avtopoygasi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati
Chempionat Uzbekistana po kolsevim avtogonkam - Sputnik O‘zbekiston
Halqa yo‘l avtopoygasi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati

Halqa yo‘l avtopoygasi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati avtomobillar turiga qarab, uch klassga bo‘lindi:

I klass — GM-Uzbekiston avtomobillari — Nexia standart ko‘rinishda

II klass — dvigatel hajmi 1600 kub.sm. bo‘lgan avtomobillar

III klass — dvigatel hajmi 2000 kub.sm. bo‘lgan avtomobillar

Final poygasi natijalariga ko‘ra, I klass, ya’ni standart ko‘rinishdagi Neksiya avtomobillari poygasida 3 o‘rinni — Adilov Bekzod, 2 — o‘rinni Ergashev Anvar va 1 o‘rinni — Atamatov Jasurbek egallagan.   

Yangiliklar lentasi
0