Islom qo‘mitasi raisi - Geydar Jemal vafot etdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishIslom qo‘mitasi raisi - Geydar Jemal
Islom qo‘mitasi raisi - Geydar Jemal - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Geydar Jemal - Rossiyadagi hududlararo jamoat tashkiloti - "Islom qo‘mitasi" raisi, taniqli siyosatchi, faylasuf, teolog va jamoat arbobi edi.

TOShKENT, 5 dek — Sputnik. "Islom qo‘mitasi" — Rossiyadagi hududlararo jamoatchilik tashkiloti raisi, taniqli siyosatchi, faylasuf, teolog va jamoat arbobi Geydar Jemal 70 yoshida Moskvada vafot etdi. 

OAVlar xabariga ko‘ra, Jemal uzoq vaqt xastalikdan so‘ng vafot etgan.

"Bugun tunda Geydar Jamal Olloh inoyati bilan o‘zining yerdagi yo‘lini yakunladi. Ilohim Olloh uni o‘z huzuriga qabul qilib Jannat bog‘lari tomon yo‘llasin. Bizning barchamiz Uning huzurida bo‘lamiz", — deyilgan xabarda. 

Geydar Jemal 1947-yilning 6-noyabrida Moskvada tug‘ilgan. Uning Otasi ozarbayjon va onasi rus millatiga mansub bo‘lgan. Geydar Jamal 1965-yilda MGUning Sharqiy tillar fakultetiga o‘qishga kirgan. 1995-yilda Jemal Rossiyada "Islom qo‘mitasi" jamoat harakatini tashkil qilgan.

Geydar Jemal Rossiyada eng taniqli Islom faylasuflaridan biri bo‘lib, ushbu mavzuda oltita kitob nashrdan chiqargan. 1993-1996 yillarda "Perviy kanal" telekanalida "Nine" va "Kultura" telekanalida "Qur’onning barcha suralari" teleko‘rsatuvlarini, RTRda "Ming bir kun" teleko‘rsatuvini olib borgan. 1999-yilda Rossiya Davlat Dumasi saylovida ishtirok etgan.

Yangiliklar lentasi
0