Almazbek Atambayev Mirziyoyevni tabrikladi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishQirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Atambayev Mirziyoyevning O‘zbekiston rahbari etib saylanishi ikki mamlakat orasidagi munosabatlarni yaxshilashga yangi turtki bo‘ladi va munosobatlar konstruktiv suhbat va o‘zaro foydali hamkorlik shakliga o‘tadi.

TOShKENT, 5 dek —Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti saylovida erishgan g‘alabasi bilan tabrikladi.

“Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti lavozimiga saylanishi bilan tabriklaydi. 4-dekabrdagi saylovlarda Shavkat Mirziyoyev erishgan salmoqli g‘alaba  O‘zbekiston xalqining unga bo‘lgan yuksak ishonchi va qo‘llab-quvvatlashining belgisidir”, — deyilgan tabrik telegrammasida.

Shuningdek, Atambayev Mirziyoyevning O‘zbekiston rahbari etib saylanishi bilan ikki mamlakat orasidagi munosabatlar rivojlanishiga yangi turtki bo‘lishga va munosobatlar konstruktiv suhbat va o‘zaro foydali hamkorlik shakliga o‘tishiga ishonch bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0