O‘zbekiston Prezidenti saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishPrezident saylovi
Prezident saylovi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ovoz berishda 17 million 941 ming 955 nafar fuqaro ishtirok etdi

TOShKENT, 5 dek – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov bugun soat 16:00da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalariga bag‘ishlangan brifing chog‘ida ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev uchun saylovchilarning 88,61 foizi (15 906 724 kishi) ovoz berdi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi vakili Xatamjon Ketmonov va O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi vakili Narimon Umarov mos ravishda 3,73 (669 187 kishi) va 3,46 foizdan (619 972 kishi) ovoz to‘pladi.

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan nomzod bo‘lgan Sarvar Otamuratov 2,35 foizi (421 ming 55 nafar saylovchi) ovozi bilan to‘rtinchi bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ovoz berishda 17 million 941 ming 955 nafar fuqaro ishtirok etdi. Bu ro‘yxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 87,83 foizini tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0