TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Sankt-Peterburgning "Zenit" futbol klubi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi himoyachisi Aziz G‘aniyevga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Tribuna.uz xabar qildi.
"Zenit" skautlari iste’dodli yarim himoyachiga Bahraynda bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati chog‘ida e’tibor qaratishgan.
Hozirda Aziz G‘aniyev "Nasaf" klubida to‘p surmoqda. U "Nasaf" tarkibida 16 yoshida debut qilgan.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda Rossiya futbol premyer-ligasida o‘zbekistonlik uch futbolchi: Odil Ahmedov ("Krasnodar"), Vitaliy Denisov ("Lokomotiv"), Vadim Afonin ("Orenburg") to‘p surmoqda.