TOShKENT, 4 dek — Sputnik. O‘zbekistonda prezident saylovi qizg‘in davom etmoqda. Shu vaqtga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, saylovchilarning 81% ovoz berib bo‘lgan. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi rasmiy saytida xabar berilgan.
"O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha soat 6.00 da boshlangan ovoz berish jarayoni haqidagi ma’lumotlar onlayn rejimida kelib tushmoqda.
Soat 18.00 gacha saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 428 ming 891 saylovchilarning 81,30 foizidan ortig‘i ovoz berib bo‘ldi.
Saylov jarayoni davom etmoqda", — deyiladi xabar matnida.