TOShKENT, 4 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti saylovida mahalliy vaqt bilan soat 17:00da 15 millon 730 ming 997 saylovchi ovoz berib berib bo‘ldi, dedi Respublika MSK raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov.
Bu saylovchilar umumiy sonidan 77% ni tashkil qiladi.
Ayni damda O‘zbekistonning Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Malayziya va Singapur kabi sharqiy mamlakatlardagi vakolatxonalarida ovoz berish o‘z yakuniga yetdi.
Hindiston, Rossiya, BAA, Eron, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Misr, Pokiston, Rossiya va Yevropa mamlakatlaridagi vakolatxonalarda ovoz berish davom etmoqda. AQShda bo‘lsa saylov uchastkalari endi ochildi.