O‘zbekistonda saylov uchastkalari yopildi

© SIK UzbekistanaUrna s bulletenyami na viborax v Uzbekistane
Urna s bulletenyami na viborax v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saylovda qatnashgan fuqarolar umumiy soni bugun soat 22:00 da e’lon qilinadi. Saylovning dastlabki natijalari esa 5-dekabr kuni e’lon qilinadi.

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Mahalliy vaqt bilan soat 17:00da saylovchilarning 86,62%, ya’ni 17,69 mln fuqaro ovoz berdi. Saylov qonuniy hisoblanishi uchun kerak bo‘lgan 33% ovoz miqdori esa soat 11:00 da to‘plangan edi.

"Saylov uchastkalari yopildi, ovoz berish to‘xtatildi. Mahalliy saylov uchastkalarida komissiya a’zolari berilgan ovozlarni hisoblashmoqda.Ayni damda qoidabuzarliklar kuzatilgani yo‘q", — dedi RIA Novosti muxbiriga O‘zbekiston MSK raisi o‘rinbosari Komiljon Adilov.

O‘zbekiston prezidenti saylovda ishtirok etgan fuqarolar yakuniy soni soat 22:00 da e’lon qilinadi. Saylovning dastlabki natijalari esa 5-dekabr kuni e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, prezident saylovida O‘zbekistonning to‘rt yetakchi partiyasidan  nomzodlar ishtirok etmoqda: O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasidan Xatamjon Ketmonov, "Milliy tiklanish" partiyasidan  Sarvar Otamuradov, "Adolat" sotsial demokratik partiyasidan  Narimon Umarov va O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasidan ayni damda prezident vazifasini bajarayotgan Shavkat Mirziyoyev ishtirok etishmoqda.

Nomzodlarning barchasi o‘zlarining saylovoldi kampaniyalarida O‘zbekiston Birinchi prezidenti Islom Karimov belgilagan, hech qanday harbiy-siyosiy ittifoqlarga qo‘shilmaslik yo‘nalishni davom ettirishini ta’kidlashgan edi.

Yangiliklar lentasi
0