Prezident saylovida 88% saylovchi ovoz berdi

© AFP / Max VetrovSaylov bulletenlari
Saylov bulletenlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hududida ovoz berish tong soat 06:00da boshlanib kech soat 20:00 da yakunlandi.

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti saylovida saylovchilarning 87,83%i ishtirok etdi, deb xabar qildi saylov uchastkalari berkitilganidan keyin Respublika MSK matbuot xizmati.

Bugun 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda ovoz berish mahalliy vaqt bilan tong soat 06:00 da boshlanib kech soat 20:00 da yakunlandi. Saylovni qonuniy tan olish uchun yetarli bo‘lgan 33% saylovchilar ovozi mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da jamlangan edi.

Markaziy Saylov komissiyasi e’lon qilgan 20,429 million jami saylovchilardan 17,942 mln nafari ovoz berishda ishtirok etgan. Bu saylovchilarning 87,83% ni tashkil qildi.

Yevropa mamlakatlari, Misr va AQShda joylashgan O‘zbekiston vakolatxonalarida ovoz berish davom etmoqda. Toshkent vaqti bilan soat 20:00da O‘zbekistonning chet eldagi saylov uchastkalarida 87,9 % saylovchilar, ya’ni 1,416 mln kishi ovoz berishgan.

O‘zbekiston ichida esa, saylovda Jizzax, Sirdaryo va Samarqand viloyati aholisi saylovda eng faol ishtirok etgan. Ushbu viloyatlarda ovoz bergan saylovchilar soni 88 %dan yuqori bo‘ldi.

Ayni damda saylov komissiyasi to‘plangan ovozlarni hisoblamoqda. MSK xabariga ko‘ra, saylovning dastlabki natijalari 5-dekabr ertalab, yakuniy natijalari esa, soat 16:00 da e’lon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0