Lola Axmedova: O‘zbekistonda saylovga befarq odam qolmadi

© Sputnik / StringerLola Axmedova
Lola Axmedova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Lola Axmedova saylov haqidagi taasurotlari bilan baham ko‘rishdi.

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. O‘zbekistonda prezident saylovida ovoz berish davom etmoqda. Ushbu masala bo‘yicha mamlakat kino va estrada yulduzlari o‘z fikrlarini bildirmoqda.

Taniqli aktrisa, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Lola Axmedova ham Sputnik muxbiri bilan saylov haqidagi taasurotlari bilan baham ko‘rishdi. Aktrisaning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekistonda ushbu  saylovga befarq bo‘lgan biror kishi qolmagan.

"Men ertalab soat 7da sa ylov uchastkasiga kelib hayron qoldim: tong sahar bo‘lishiga qaramasdan odam juda ko‘p edi. Havo yomon bo‘lsada, barcha yaxshi kayfiyat bilan saylovga kelgan, befarq bo‘lgan biror kishini ko‘rmadim", — dedi aktrisa.

Shu bilan bir vaqtda ko‘plab o‘zbekistonliklar o‘zlari sevgan aktrisa bilan suratga tushishga ishqiboz bo‘lishgan va u kimga ovoz bergani bilan qiziqishgan.

"Ko‘plar men kimga ovoz berganimni so‘rashdi. Lekin men sir ochmadim, chunki bu har kimning shaxsiy ishi. Ko‘p o‘zbekistonliklar kabi men ham o‘z xalqim va bolalarim taqdiri haqida qayg‘uraman. Men saylov uchastkasiga kelganimda avvalombor ikki farzandimning kelajagi haqida uylaganman", — dedi Axmedova.

Aktrisaning so‘zlariga qaraganda, saylov uchastkalarida har bir kishi ovoz berishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

"Hamma narsa qulay tashkil qilingan edi. Imkoniyati cheklangan shaxslar va yosh bolali onalar qulayligi ham nazarda tutilgan. Saylov uchastkalarida ona va bola xonlari hamda  tibbiyot xodimlari navbatchiligi ham tashkil qilingan edi. Bu bizning kelajagimiz uchun  juda jiddiy siyosiy qadam. Menimcha har bir kishi kelib mamlakatimiz kelajagi uchun ovoz berishi kerak", — dedi Lola Axmedova.

Yangiliklar lentasi
0