TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Kaliforniya shtatining Oklend shahridagi tungi klublardan birida shanba oqshomi kuchli yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Reyter agentligi xabarida aytilishiga ko‘ra, tungi klubga yetib kelgan qutqaruvchilar 24 kishining jasadini topishgan.
Oklenddagi tungi klubda yong‘in shanba oqshomi sodir bo‘lgan. Shahar ma’muriyati xabariga ko‘ra yong‘inda 40 kishi qo‘rbon bo‘lganligi ehtimoli bor. Yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda tungi klub ichida 50tadan 100 kishigacha odam bo‘lgan. Fojea sababi hozircha aniq emas. Ushbu yong‘in shahar tarixida qurbonlar soni bo‘yicha eng kattasi bo‘ldi deyilgan xabarda.