TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Soat 15.00 gacha saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 428 ming 891 saylovchining 67,82 foizi yoki 13,8 milliondan ortig‘i ovoz berib bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha bugun soat 6.00 da boshlangan ovoz berish jarayoni haqidagi ma’lumotlar onlayn rejimida kelib tushmoqda.
Ovoz berish bugun soat 20.00gacha davom etadi.