TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Bosh kotib Islom Karimov Shanxay hamkorlik tashkilotiga asos solingan ilk kundanoq tashkilotning oyoqqa turishi va ShHT doirasida ko‘p tomonlama hamda ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratganini ta’kidladi. Bu haqda tashkilotning matbuot xizmati xabar beradi.
Tilovat qilinganidan so‘ng Alimov jurnalistlarning savollariga javob berarkan, u Karimov ulkan tarixiy miqyos va ahamiyatga ega bo‘lgan shaxs ekanligini va yangi mustqail davlat qurilishiga tamal toshini qo‘ygan inson sifatida uning ismi O‘zbekistonning zamonaviy tarixidan abadiy joy olishini bildirdi.
"ShHTning Toshkentda bo‘lib o‘tgan sammiti tashkilotning o‘n besh yillik faoliyati davomida eng yorqin uchrashuv bo‘ldi va tashkilotni yangi bosqichga olib chiqdi. Toshkent sammitida qabul qilingan tarixiy qarorlarning qabul qilinishi va olg‘a siljishida O‘zbekistonning Birinchi Prezidentining roli beqiyos", — ta’kidladi u.