TOShKENT, 4 dek — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev Prezident saylovida ovoz berdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti O‘zLiDeP matbuot xizmatiga tayanib.
"Mirziyoyev Toshkent shahridagi 132-saylov uchastkasida ovoz berdi", — degan O‘zLiDeP vakili.
Mirziyoyev ovoz bergan saylov uchastkasi Alisher Navoiy mahallasida joylashgan. U 9 nafar oila a’zolari bilan birgalikda saylovda ishtirok etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, saylovda 21,4 million saylovchi ovoz berish huquqiga ega. Ovoz berish ertalab soat 6.00da boshlandi va soat 20.00gacha davom etadi. Saylovchilarning 33%i ovoz berganida saylov bo‘lib o‘tgan hisoblanadi. Saylov natijalari dushanba kuni ertalab e’lon qilinishi rejalashtirilgan.
Ikkinchi sentabr kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 78 yoshida vafot etdi. Mamlakat Prezidenti vazifasini bajarish Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga topshirildi.
Saylovda O‘zLiDeP partiyasidan Shavkat Mirziyoyev, O‘zXDP partiyasidan Hatamjon Ketmonov, "Milliy tiklanish" partiyasidan Sarvar Otamuratov va "Adolat" partiyasidan Narimon Umarovlar o‘z nomzodlari bilan ishtirok etishmoqda.