TOShKENT, 3 dek — Sputnik. O‘zbekistonda jimlik kuni e’lon qilindi — bu prezident saylovidan bir kun oldin o‘tkaziladigan kundir.
Tashviqotning har qanday turi ta’qiq ostiga olingan: jimlik kunida televidenie orqali saylovoldi roliklari namoyish etilmaydi, gazeta va varaqalar tarqatilmaydi, saylovchilar bilan uchrashuvlar yoki nomzodlar o‘rtasida debatlar o‘tkazilmaydi. Jimlik kuni to‘g‘risidagi nizomni buzganlik uchun eng kam ish haqining 7dan 10 baravarigacha jarima belgilangan.
Jimlik kuni har bir saylovchini psixologik bosimdan ozod etish va saylash erkinligini ta’minlash uchun o‘tkaziladi.
Saylov kuni Toshkentda jamoat transportlari bepul xizmat ko‘rsatadi, shuningdek, saylov uchaskasiga qadar taksi xizmatidan foydalangan holda ham bepul yetib olish mumkin.
Talabalar saylov munosabati bilan 1-5 dekabr sanalarida ta’tilga yuborildi.
O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan prezident saylovlarini 80 ming nafar mahalliy va 600ga yaqin xalqaro kuzatuvchilar kuzatadilar.
O‘zbekistondagi prezident saylovlari turli mamlakatlardan tashrif buyurgan 1,3 ming nafar jurnalistlar tomonidan yoritiladi.
Saylov kuni bemorligi sababli, uchastkaga bora olmaydiganlar uchun navbatchi guruhlar tashkil etilgan. Bunda bemor saylovchi o‘zi biriktirilgan saylov uchastkasiga qo‘ng‘iroq qilishi kifoya. Uning manzili bo‘yicha maxsus quti hamda ovoz berish bulleteni olib kelinadi.
Bundan tashqari, tonggi soat 6:00dan kechki 20:00gacha ochiq bo‘ladigan saylov uchastkalarida 18 yosh va undan katta bo‘lgan har bir saylovchining ismi-sharifi raqamlangan holda kiritilgan.
MSK ovoz berish uchun belgilangan muddat yakunlangach, bulletenlarni sanash ishlarini yo‘lga qo‘yadi. Ovoz natijalari qo‘lda, birma-bir sanab chiqiladi. Buning uchun Komissiyaga 10 kun ajratiladi. Mamlakat saylov qonunchiligiga ko‘ra, ekzitpollar o‘tkazilmaydi.
Saylov natijalari rasman e’lon qilingach, 2 oy ichida yangi prezident qasamod qiladi. Davlat rahbari har biri 5-yil muddatdan ikki marotabadan ortiq saylana olmaydi.