TOShKENT, 3 dek — Sputnik. 2 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasi parlamenti Federatsiya Kengashi Raisi o‘rinbosari Ilyas Umaxanov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan mamlakatimizga tashrif buyurgan delegatsiya tarkibida senatorlar Vladimir Jabarov, Mixail Kozlov, Sergey Lisovskiy va Dmitriy Mezensev bor.
Rossiya delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Prezidentining navbatdan tashqari saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida hududlarga tashrif buyurish to‘g‘risidagi rejalarini o‘rtoqlashdilar.
Muloqot davomida dolzarb O‘zbekiston-Rossiya kun tartibi nuqtayinazaridan parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari ham muhokama qilindi.
Uchrashuvda Rossiya Elchisi Vladimir Turdenev ishtirok etdi.