TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Turkiya prezidentiga hamdardlik bildirildi, deb xabar qilingan O‘zbekiston Tashqi ishlar rasmiy saytida.
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘onga 2016-yil 29-noyabr kuni Adana shahridagi qizlar maktab-internatida yuz bergan fojiaviy hodisa – yong‘in natijasida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi munosabati bilan samimiy ta’ziya izhor etilgan maktub yo‘lladi", — deyiladi xabar matnida.
Maktubda halok bo‘lganlarning va jarohat olganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik va dalda so‘zlari izhor qilingan.