TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida joylashgan maktablarning birida o‘smir nobud bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston.
Bu haqda nashrga shahar ichki ishlar departamenti matbuot-xizmati rahbari Sofya Kilishbekova xabar qilgan.
Kilishbekovaning so‘zlariga ko‘ra, sakkizinchi sinf o‘quvchisi, 2002-yilda tug‘ilgan o‘smir Ostonadagi №59 maktabda o‘lik holatda topilgan.
30 noyabr kuni soat taxminan 13:00da o‘quv sinfida topilgan jasadda hech qanday zo‘rvonlik izlari aniqlanmagan.
ayni vaqtda o‘lim holati yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Sud-tibbiy ekspertiza o‘tkazilishi belgilangan.
Tergov doirasida politsiya xodimlari biron-bir izoh bermayapti.