TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Muftiy Usmonxon Alimov O‘zbekiston fuqarolarini saylovda faol ishtirok etishga chaqirdi, deb xabar qilmoqda "Darakchi" nashri.
Xabarda ta’kidlanishicha, "ELECTIONS.UZ-2016" press-klubi doirasida O‘zbekistonda faoliyat yuritadigan turli diniy konfessiya vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tgan.
"Ayni kunlarda diyorimizda muhim siyosiy tadbir o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan imom va domlalarimiz ham diniy tadbirlar, amru-ma’ruflardagi ma’ruzalarida saylovning ahamiyati haqida gapirib, mo‘min-musulmonlarni saylovda faol ishtirok etishga da’vat etishmoqda. Aytish joizki, dinimizda muhim qaror qabul qilishda ko‘pchilikning fikri inobatga olinadi. Saylovda ham ko‘pchilikning ovozini to‘plagan nomzod g‘alaba qozonadi. Biz saylaydigan nomzod yurtimiz istiqboli va taraqqiyotini, ertangi hayotimizning farovonligini belgilashda katta ahamiyatga ega. Shu bois barcha hamurtlarimizni saylovda faol ishtirok etishga chaqiraman", — deb da’vat qilgan Usmonxon Alimov.