TOShKENT, 2 dek — Sputnik. O‘zbekistondagi prezident saylovlarida ishtirok etadiganlar soni juda ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. O‘zbekistonga kelayotgan reyslar tirband, samolyotga chipta xarid qilish esa tobora murakkab bo‘lib bormoqda, deb xabar qilgan Sputnik O‘zbekiston nashriga MSK rahbari.
"Bizning fuqarolarimiz vijdonli. Imkoni borlar 4-dekabr sanasiga chipta olib, saylovda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelishmoqda", — deya ta’kidlagan Ulug‘bek Abdusalomov.
Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, 200 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada konsullik ro‘yxatida turadilar. Ammo ro‘yxatga olinmaganlar soni esa bundanda ko‘p.
Abdusalomovning so‘zlariga ko‘ra, avvaldan Rossiyada ikkita emas, balki ko‘proq saylov uchastkalarini tashkil etish rejasi bo‘lgan. Saylov uchastkalari Moskva va Novosibirsk shaharlarida emas, balki Kazan va Sankt-Peterburgda tashkil etish rejalashtirilgan. Ammo bu masala o‘z vaqtida Rossiya tomon bilan hal etilmay qolgan.
Eslatib o‘tamiz, 46ta mamlakat vakillari O‘zbekistondagi prezident saylovlarini yoritish istagini bildirganlar. Tashviqot materiallari esa dunyoning 17ta (tojik, qozoq, koreys va boshqa) tillariga tarjima qilingan.