Bishkekdagi barcha maktablar gripp tufayli yopildi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovMaktab o‘quvchilari
Maktab o‘quvchilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda Bishkekdagi umumta’lim maktablarida davomat juda pasayib ketgan. Shahardagi 93ta maktabdan 35tasida o‘quvchilarning 20 foizi o‘quv mashg‘ulotlarini kasallik tufayli qoldirayapti

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Bishkekdagi barcha maktablarda gripp tufayli yopildi, deb xabar tarqatmoqda Sputnik Qirg‘iziston nashri.

Xabarga ko‘ra, Ayni vaqtda Bishkekdagi umumta’lim maktablarida davomat juda pasayib ketgan. Shahardagi 93ta maktabdan 35tasida o‘quvchilarning 20 foizi o‘quv mashg‘ulotlarini kasallik tufayli qoldirayapti. Shu bois, vitse-mer Oygul Risqulova raisligida shahar meriyasi ta’lim boshqarmasida ijtimoiy ahamiyatli va xavfli infeksiyalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning majlisi o‘tkazilgan.

Ta’kidlanishicha, Bishkekdagi barcha maktab muassasalari 7 o‘quv kuniga — ya’ni 5dekabrdan 12-dekabr kuniga qadar yopilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunga kelib o‘quchilarning 28-30 foizi va o‘qituvchilarning 20 foizi kasallangan.

Karantin amal qilgan muddatda maktab o‘quvchilari ishtirokida barcha tadbirlar bekor qilish to‘g‘risida buyruq berilgan.

Maktabgacha bolalar muassasalarda bolalar bog‘chalarining sanitariya-gigiyena holati ustidan nazoratni kuchaytirish buyurilgan.

Yangiliklar lentasi
0