Samarqandda amnistiyaga ko‘ra ozod bo‘lganlarga ko‘mak berilmoqda

© fotoliaQonun va odil sudlov ramzlari
Qonun va odil sudlov ramzlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunga qadar Samarqand viloyati bo‘yicha amnistiya tufayli 150 dan ortiq fuqaro jazoni ijro etish muassasalaridan ozodlikka chiqqan. Ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ijtimoiy moslashuvi va bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Amnistiyaga ko‘ra ozod bo‘lganlarga ko‘mak berilmoqda, deb xabar berilgan Samarqand viloyati hokimligi rasmiy saytida.

"Bugungi kunga qadar viloyatimiz bo‘yicha amnistiya tufayli 150 dan ortiq fuqaro jazoni ijro etish muassasalaridan ozodlikka chiqdi. Ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ijtimoiy moslashuvi va bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda", — deyilgan xabar matnida.

Muqaddam sudlanganlarni ijtimoiy muhitga moslashtirish viloyat markazi ma’lumotiga ko‘ra, amnistiya aktiga ko‘ra jazoni ijro etish muassasalaridan ozodlikka chiqqan shaxslarga o‘rnatilgan tartibda moddiy ko‘mak berish choralari ko‘rilmoqda. Shu kunga qadar 63 nafar fuqaro markazga murojaat qilgan.

Vaqtincha hibsda saqlash joyidan ozod qilingan erkak o‘g‘lini bag‘riga bosmoqda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda amnistiya e’lon qilindi
"Men adashib jinoyat yo‘liga kirib qoldim va qilmishim uchun sud hukmi bilan 6-yilga ozodlikdan mahrum etilgandim, – deydi Tayloq tumani Naqqashon mahallasida yashovchi Azizmurod Tillayev. – Belgilangan jazoning ikki yilini o‘tadim va amnistiya tufayli ozodlikka chiqdim. Oilam bag‘ridaman. To‘g‘risi, hozirgi quvonchli hislarimni so‘z bilan ifoda etish qiyin. Bizdek adashganlarga yana imkoniyat berganligi uchun davlatimiz rahbariyatidan behad minnatdorman".

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlarida tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan amnistiya aktiga ko‘ra jazoni ijro etish muassasalaridan ozodlikka chiqqan shaxslar tuman va shaharlardagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda 8 yo‘nalishda bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozodlikka chiqqan shaxslarning bandligini ta’minlash yuzasidan ham viloyat mehnat boshqarmasi tomonidan chora-tadbirlar olib borilmoqda. "Shu kunga qadar viloyat bo‘yicha ozod bo‘lganlarning 35 nafari boshqarmamiz va uning hududiy bo‘limlari tomonidan ishga joylashtirildi, – deydi viloyat mehnat boshqarmasi bosh mutaxassisi Ilhom Xoliqulov. – Ayni vaqtda mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda ozod qilingan shaxslarning mehnatga layoqatliligi, kasbi, ma’lumoti, qiziqishi hamda tajribasini o‘rganish jarayoni davom etmoqda. Xulosalar natijasida ularni ishga yo‘naltiramiz".

Xabarda ta’kidlanishicha, viloyatda qaror ijrosini ta’minlash va amnistiya aktiga ko‘ra, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod bo‘lgan shaxslarga o‘rnatilgan tartibda ko‘mak berish ishlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0