Chechenistonda alkogol sotilayotgan barcha do‘konlar yopildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishSirtli ichimliklar sotish
Sirtli ichimliklar sotish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qodirovning fikriga ko‘ra, alkogol ichimligi ichib yoki narkotik moddalar ta’siri ostida rulga o‘tirgan haydovchilarga eng qattiqqo‘l jazo berilishi kerak, jumladan jamoatchilik oldida ham.

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Rossiyaning Checheniston o‘lkasida alkogol sotilayotgan barcha magazinlar yopildi, deb xabar qildi mamlakat Parlamenti raisi Magomed Daudov, RIA Novosti xabariga asosan.

“Yaqinda “Kavkaz” trassasida bo‘lgan avariyadan keyin, alkogol savdosi bilan shug‘ullanayotgan  tadbirkorlar ushbu faoliyatni o‘z xixishlariga ko‘ra to‘xtatishdi”, — dedi Daudov ramzan Qodirov huzurida yo‘l-transport harakati xavfsizligi mavzusida bo‘lib o‘tgan majlisda.   

Parlament spikeri so‘zlariga qaraganda, respublkada spirtli ichimliklar bilan savdo qiladigan 20ta do‘kon bo‘lgan.

“Hozirgi kunda alkogol ichimliklar sotilayotgan birorta ham do‘kon yo‘q”,- dedi Daudov.

Qodirovning fikriga ko‘ra, alkogol ichimligi ichib yoki narkotik moddalar ta’siri ostida rulga o‘tirgan haydovchilarga eng qattiqqo‘l jazo berilishi kerak, jumladan jamoatchilik oldida ham.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oxirida, “Kavkaz” federal trassasida mast holda bo‘lgan Ford avtomobili haydovchisi yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib Lada Priora avtomobili bilan to‘qnashgan. YTH oqibatida yetti kishi qurbon bo‘lgan, ulardan ikkitasi yosh bolalar bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0