AQSh dunyoning istalgan kompyuteriga kirish huquqiga ega bo‘ldi

© Foto : PixabyXaker
Xaker - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Oliy sudi malakat huquqni saqlash organlariga terrorchilik va kiberjinoyatchilik bilan kurash chorasi sifatida dunyodagi istalgan kompyuter ichiga masofadan turib kirishga ruxsat berdi.

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. AQShda 1-dekabrdan boshlab "41 qonun"ga qo‘shimcha kiritildi. Ushbu qo‘shimchaga ko‘ra, bundan buyon AQSh maxsus xizmatlari dunyoning istalgan kompyuteriga masofadan turib kirish huquqiga ega bo‘ldi, RIA Novosti xabariga asosan.  

AQSh Adliya vazirligi bunga terrorchilik va kiberjinoyatchilikka qarshi kurash chorasi sifatida izoh bermoqda.  

"Bu nazorat borasida oxirgi yillarda yo‘l qo‘yilgan eng katta xato bo‘ldi, bundan buyon hukumat amerikaliklarning kompyuterlari, telefonlari va boshqa uskunalari ichiga nazoratsiz kirish huquqiga ega bo‘ldi", — dedi demokratlar partiyasi vakili, senator Ron Uiden.  

Eslatib o‘tamiz, Tramp tayinlagan Adliya vaziri — senator Jeff Seshns va MRB boshlig‘i Mayk Pompeo fuqarolar ustidan nazoratni kuchaytirish tarafdorilari edi. Bugungi kunda AQSh maxsus organlari ma’lumotlar bazasida, yuzini tanish texnoligiyasi orqali jamlangan AQShning balog‘at yoshiga yetgak har ikki fuqarodan birining fotosurati saqlanmoqda.  

Yangiliklar lentasi
0